Giyohvandlik vositasini sotish ayblovi qayta kvalifikatsiya qilindi; ozodlikdan mahrum qilinmadi
Mijoz katta miqdordagi giyohvandlik vositasini sotishga suiqasd qilganlikda (JK 25-moddasi, 273-moddasi 5-qismi) — 19,24 g gashish bilan ayblangan. Ayblov sotish maqsadisiz saqlashga (276-moddaning 2-qismi) qayta kvalifikatsiya qilindi. 57-modda qo‘llanilib, yangi modda sanksiyasining eng kam chegarasidan past — 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.